Braziliyalik qanot o'yinchisi Rafinya Kataloniyaning «Barselona» klubi bilan yangi mehnat shartnomasini imzolash bo'yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda ma'lum qildi.

Yulduz o'yinchi «ko'k-qizil»lardan maoshini ikki baravar oshirishni talab qildi, maqsadi klubning eng ko'p maosh oladigan o'yinchisi bo'lish. Kataloniyalik ulkan klub rahbariyatining javobi hozircha noma'lum.

29 yoshli o'yinchining «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning iyun oyigacha davom etadi. Uning bozor qiymati – 70 million evro.

Joriy mavsumda Ispaniyaning La Liga ligaida Rafinya oltita o'yinda to'qqiz marta gol urdi va uchta assist berdi.