Portugaliyalik iste'dod Dani Freyre Kataloniyaning «Barselona» klubi bilan mehnat shartnomasini imzoladi, bu haqda ijtimoiy tarmoqlar orqali insayder Fabrizio Romano xabar bermoqda.
16 yoshli hujumchi muvaffaqiyatli ko'rikdan o'tdi va «sin-granata» jamoasi bilan shartnoma tuzdi.
«Barselona» Ispaniya chempionatining yangi mavsumiga juda yaxshi start berdi. Hans-Diter Flik boshqaruvidagi jamoa 18 ball to'plab, turnir jadvalida liderlik qilmoqda, eng yaqin raqibi «Real»dan uch ochko oldinda. O'tgan olti uchrashuvda Kataloniya jamoasi 28 gol urdi va 6 gol o'tkazib yubordi.
