«Barselona» hujumchisi Rafinya Dias «Zolotoy myach» nominatsiyasida bo'lmasligini adolatsiz deb hisoblaydimi, degan savolga javob berdi.

Seni nominantlar ro'yxatiga kiritilmasligi xafa qiladimi?

– Yo'q, yo'q, yo'q. Meni bu bezovta qilmaydi.

Buni adolatsizlik deb hisoblaydimi?

– Ha, bu adolatsizlik deb o'ylayman, lekin men bunday yolg'iz emasman – Pedri ham u yerda bo'lishi kerak, – deydi Rafinya The Touchline'ga bergan javobida.

Mukofot egasining ismi 26-oktabrda Londonda bo'lib o'tadigan marosimda e'lon qilinadi. Nominantlar orasida «Barselona»ning uch nafar vakili bor – Lamin Yamal, Pau Kubarsi va Rodri Ernandes. Hozirgi mukofot egasi esa «PSJ»dan Usmon Dembeledir.