«Barselona»ning qanot o'yinchisi Lamin Yamal Katalon jamoasiga Chempionlar ligasida jiddiy muammolar tug'dirishi mumkin bo'lgan bir nechta jamoalarni ajratib ko'rsatdi.
«Bizning zaifligimiz Bavariya yoki «PSJ» kabi jamoalarga qarshi o'yinlarda namoyon bo'ladi. Chunki ular jismoniy jihatdan kuchliroq – ular sizni ko'p yugurishga va o'yin davomida diqqatni saqlashga majbur qiladi. «Arsenal» esa boshqa bir hikoya. Bu yerda o'yin ko'proq taktika va to'pni nazorat qilish bilan bog'liq.
Menimcha, «PSJ» Chempionlar ligasining favoritlaridan biri, lekin ularning muammosi shundaki, sovrinni himoya qilish juda qiyin. Bu futbolning eng murakkab jihatlaridan biri. Bu g'alabalardan keyin mening qo'rquvim – biz bo'shashimiz mumkin», - deydi Yamal The Touchline'ga bergan intervyusida.
«Barselona»ning keyingi Chempionlar ligasi o'yini 13-oktabrda Galatasarayga qarshi safarda bo'lib o'tadi.
