«Barselona» hujumchisi Rafinya kelajagi haqida bayonot berdi. Braziliyalik futbolchining so‘zlariga ko‘ra, u katalon klub bilan shartnomasini uzaytirmoqchi. Bundan tashqari, Rafinya «ko‘k-qizillar» safida karerasini yakunlash niyatida.

«Men shartnomamni uzaytirmoqchiman va «Barselona»da kareramni tugatmoqchiman», - deydi Rafinya The Touchline nashriga.

Rafinya bu yil «Oltin to'p» nominatsiyasiga kiritilmadi, garchi braziliyalik futbolchi 2026/2027 yilgi mavsumni ajoyib boshlagan. U «Barselona» uchun o‘ynagan yetti o‘yinda 11 gol urdi va uchta golli uzatma berdi.

«Barselona» olti turda La Ligada maksimal 18 ochko to‘pladi.