«Barselona»ning bosh murabbiyi Hans-Diter Flik La Ligadagi raqobat haqida fikr bildirdi. Germaniyalik mutaxassis yaqinlashib kelayotgan turda «Real» ishtirokidagi derby haqida o'ylamayapti.

- Agar siz shanba kuni g‘alaba qilsangiz, unda farqni oshirishingiz mumkin, chunki yakshanba kuni «Atletiko» - «Real» o‘yini bo‘lib o‘tadi. Buni imkoniyat sifatida ko‘rasizmi?

- Biz uchun o‘zimizga e'tibor qaratish muhim. Biz faqat ertangi o‘yinni yutishni xohlaymiz.

- Bunday darajani saqlab qolish mumkinmi?

- Qayta tiklanish juda muhim. O'yin vaqtini to'g'ri boshqarishimiz kerak. Bizda ko'p o'yinlar bor - yaxshi o'ynash va yaxshi tiklanishimiz zarur. 

19 sentyabrda «Real» «Sevilya»ga qarshi safarda o'ynaydi.