Shanba kuni «Barselona» Ispaniya chempionatida «Sevilya»ga qarshi mehmonlik o'yinini o'tkazadi. O'tgan mavsumda Kataloniya jamoasi ushbu raqib maydonida 1:4 hisobida mag'lub bo'lgan. Hans-Diter Flikdan bu haqda matbuot anjumanida so'rashdi.
- O'tgan mavsumda «Barselona» «Sevilya»da 1:4 hisobida yutqazdi. Siz o'sha o'yindan qanday xulosa chiqardingiz va «Sevilya»ni qanday baholaysiz?
- Biz hozir o'sha mavsumga nisbatan boshqa darajadamiz. Har bir o'yin 0:0 hisobidan boshlanadi. «Sevilya» juda yaxshi o'ynaydi, ayniqsa, o'z maydonida. Ular himoyada bir-biriga qarshi o'ynaydi, bizni bosimga olishadi. Biz uchun ishonchli o'ynash muhim. Bunday jamoaga qarshi o'yinda muhim bo'lgan narsa - o'yinni nazorat qilish. Ularni bir qanotdan ikkinchisiga o'tkazishga harakat qilishimiz kerak.
