«Bavariya»ning bosh direktori Yan-Kristian Drizen yozda Maykl Olishning «Real»ga o'tishi bilan bog'liq mish-mishlarga izoh berdi.
««Real» taklif berdi mi? Biz hech qanday taklif olmadik. Biz har doim sotish bilan qiziqmasligimizni aytdik. Olish bizning jamoamiz uchun juda muhim. U maydonda sehrgar.
Futbol biznesida Olishning kelajagi haqida muxlislarni tinchlantira olamanmi? Va'da berish qiyin», - dedi Drizen Sport1 uchun bergan izohida.
Hozirgi shartnoma Maykl Olishni «Bavariya» bilan 2029 yilning o'rtasigacha bog'laydi. Transfermarkt portalida 24 yoshli futbolchining narxi 170 million evroga baholangan.
