Braziliyaning «Kruzeyro» jamoasining hujumchisi Kayo Jorge nemis Bundesligasiga o'tishi mumkin. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlar orqali insayder Ekrem Konur xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, hujumchiga leverkuzenlik «Bayer» va «Bavariya» qiziqmoqda. Myunxen klubi Jorge'ni Garry Kain uchun potensial o'rinbosar sifatida ko'rmoqda.
Bundan tashqari, braziliyalik futbolchini «Milan», «Benfika», «Fiorentina» va «Aston Villa» ham kuzatmoqda. Braziliya tomoni transferdan 40-45 million evro daromad olishni rejalashtirmoqda.
Hozirgi mavsumda Braziliya chempionatida Jorge 19 o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi.
