«RB Leypsig» himoyachisi Kastello Lyukeba «Barselona»ga taklif qilingan, ammo kataloniyaliklar hozircha uning mumkin bo'lgan transferi ustida ish boshlamagan.
Buni jurnalist Fabrizio Romano xabar bermoqda. So'nggi paytlarda fransuzning ispaniyalik klubga o'tishi haqida ma'lumotlar paydo bo'ldi. Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, hozirda tomonlar o'rtasida hech qanday muzokaralar o'tkazilmagan va shartnoma hali ilgari surilmagan.
Lyukeba «RB Leypsig»da 2023 yil yozidan beri o'ynaydi. Germaniya klubi markaziy himoyachini fransuz Liondan sotib olgan. Futbolchining «Leypsig» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo'ljallangan.
