«Benfika» o'zining rasmiy sahifalarida Myunxenning «Bavariya» klubiga tegishli yarim himoyachi Joao Palinhaning transferi haqida e'lon qildi.

31 yoshli portugaliyalik futbolchi Lissabon klubiga 2030 yil 30 iyungacha shartnoma imzoladi. «Benfika» futbolchini transferi uchun 14 million evro to'laydi. Shuningdek, ma'lum shartlar bajarilganda yana besh million evro bonuslar ko'zda tutilgan. Palinhaning shartnomasida 50 million evro miqdorida tovon puli belgilangan.

O'tgan mavsumda yarim himoyachi «Tottenhem»da «Bavariya»dan ijarada o'ynadi. Ingliz klubida Palin yaqin 45 ta o'yinda qatnashib, yetti gol urdi.