«Bavariya» o‘zining rasmiy saytida Kristof Froynd bilan shartnomani uzaytirgani haqida e'lon qildi. Myunxen klubining sport direktori 2029 yilning 30 iyunigacha mo‘ljallangan mehnat shartnomasini imzoladi.

Froynd sport direktori sifatida «Bavariya»da uch yildan ortiq vaqt faoliyat yuritdi. Avvalroq, bu avstriyalik mutaxassis «Red Bull Zaltsburg»da uzoq vaqt ishlagan.

«Bavariya» uch turdan so‘ng Germaniya chempionatining reyting jadvalida to‘rtinchi o‘rinda turibdi. Jamoa Vensan Kompani boshqaruvidagi keyingi o‘yinni 18 sentyabr, juma kuni Berlinning Unioniga qarshi o‘tkazadi.