Vinger Luis Dias bir yildan ortiq vaqt davomida «Bavariya» safida o'ynaydi. Biroq, kolumbiyalik futbolchi hali ham til to'sig'i sababli qiyinchiliklarga duch kelmoqda.

«Til – bu, albatta, men uchun muammo bo'lgan kam sonli narsalardan biri. Bunga moslashish oson emas. Biroq, qolgan jihatlar bo'yicha shikoyat qilishga sababim yo'q. Shahar ajoyib. Agar vaqtim bo'lsa, bu yerda juda ko'p narsalarni qilish mumkin. Men bu yerda juda baxtliman», - deydi Dias, Goal portali orqali Skyga tayanib.

Luis Dias «Bavariya» uchun 57 ta rasmiy o'yin o'tkazdi. U bu o'yinlarda 27 ta gol urdi va 23 ta golli uzatma berdi.