Fransuz futbolchisi Kristofer Nkunku «RB Leypsig»ga qaytganidan so'ng his-tuyg'ularini bo'lishdi.
- «RB Leypsig»ga o'tish imkoniyati paydo bo'lganda, men darhol undan foydalanishni xohladim. Yana shu yerda bo'lishimdan juda xursandman. «Leypsig» bilan alohida bog'lanishim bor. Hatto ketganimdan keyin ham jamoani diqqat bilan kuzatardim va endi bu yerda yangi bobni boshlashga tayyorman, - deydi Nkunku klubning rasmiy saytida.
Nkunku «Leypsig»ga kelasi mavsum oxirigacha ijaraga qo'shilmoqda. «RB Leypsig» va «Milan» o'rtasidagi kelishuvda futbolchini keyinchalik sotib olish imkoniyati ham ko'zda tutilgan.
