Marsel Shefer, RB Leypsig direktori, o‘tgan hafta Diomande va «Real» o‘rtasidagi transfer haqida faol yozgan insayderlarni tanqid qildi.

Transfermarkt portali 19 yoshli Yan Diomande qiymatini 90 million evro deb baholamoqda. Ammo, ivuar futbolchining potentsial transferi ancha qimmatroq bo‘lishi kutilmoqda – matbuotda 135 million evro haqida yozilgan.

«Real» joriy mavsumdagi birinchi o‘yinini 22-avgustda «Espanyol»ga qarshi raqib maydonida o‘tkazadi.