Bavariya kuzatuv kengashining a'zosi Bavariya» Karl-Xaynts Rummenigge Myunxen klubining futbolchisi Maykl Oliseni «Barselona»dan Lamin Yamal bilan taqqosladi.
«U o'z pozitsiyasida ajralib turadigan futbolchi. Ikkita alohida futbolchi bor - Olise va Lamin Yamal. Hozirgi paytda men Olise pishiqroq o'ynayapti, deb aytardim», - dedi Rummenigge Abendzeitung gazetasiga bergan intervyusida.
Rummenigge shuningdek, Olisening jurnalistlar bilan muloqot qilishni istamasligi sababli yuzaga kelgan tanqidlar haqida ham fikr bildirdi.
«Men futbolchining maydonda o'zini yaxshi ko'rsatishini afzal ko'rardim, intervyularda emas. Mening nuqtai nazarimdan, ba'zi OAVlar buni haqiqiy kampaniyaga aylantirdilar. Men bilganimdek, uning uzun intervyu berish bo'yicha shartnomaviy majburiyatlari yo'q», - dedi u.
Joriy mavsumda 24 yoshli fransuz qanot o'yinchisi 7 o'yinda 8 gol va 4 assist bilan o'z hisobiga yozdirgan.
