Angliya terma jamoasi kapitani Garry Keyn o'zining ilk marta «Zolotoy myach»ni qo'lga kiritish imkoniyatlari haqida fikr bildirdi.

- Hozirda men uchun eng yaxshi imkoniyat. O'tgan yil men uchun shaxsiy va jamoaviy jihatdan eng yaxshi yil bo'ldi. Men ushbu mukofotni qo'lga kiritganimdan juda faxrlanardim. O'tgan yili men faxrlanadigan ko'p narsalarni bajardim. Endi hamma narsa boshqalar va ularning fikrlariga bog'liq, - dedi Bavariya hujumchisi.

Biroq, hujumchi hozirda e'tiborini shaxsiy mukofotga emas, balki Angliya terma jamoasining yaqinlashayotgan o'yiniga qaratgan. Ertaga Keynning jamoasi Ispaniya bilan Millatlar ligasida o'ynaydi.

Mukofot taqdimoti 26-oktabrda Londonda bo'lib o'tadi.