«Bavariya» kuzatuv kengashining a'zosi Karl-Xaynz Rummenigge 2023 yilda Garry Kaynning transferini sharhladi.

- So'nggi 20 yilga nazar tashlasak, Garry tarixdagi eng muhim 2-3 transferdan biri hisoblanadi. 2022 yilda Yulian Nagelsmann va Hasan Salihamidjich biz to'liq hujumchi o'ynay olamiz deb o'ylashgan. Bu jiddiy xato edi. Robert Levandovski «Barselona»ga o'tdi, «Liverpul»dan esa Sadio Mane taklif qilindi. Bu xatoni Garry bilan tuzatdik, - deydi Rummenigge Bayern & Germany.

Kayn «Bavariya»ga «Tottenhem»dan 95 million evroga o'tdi. Hozirda u 2026 yilgi «Oltin to'p» uchun asosiy da'vogarlaridan biri hisoblanadi.