Malakali hujumchi Edin Dzeko «Shalke»da o'z faoliyatini davom ettiradi. Gelsenkirchen klubining rasmiy saytida bosniyalik futbolchi bilan shartnoma uzaytirilgani haqida ma'lumot berildi. 40 yoshli Dzeko «kobalt» jamoasi bilan 2026/2027 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi.
Edin Dzeko joriy yilning yanvarida «Shalke»ga qo'shilgan. Jamoada 11 o'yinda bosniyalik futbolchi 6 gol urdi va 3 golli uzatma berdi. Dzeko «kobalt»larga Ikkinchi Bundesligada birinchi o'rinni egallashga va elit divizionga qaytishga yordam berdi.
«Shalke» Dzekoning jamoada 10-raqam bilan o'ynashda davom etishini ta'kidladi.
