«Real» «RB Leyptsig»ning qanot o'yinchisi Yan Diomandeni qo'lga kiritishga yaqinlashdi.
Insayder Ben Jeykobsning ma'lum qilishicha, madridlik klub 19 yoshli futbolchini o'tkazish bo'yicha «Leyptsig» bilan kelishuvga erishgan.
Avvalroq, «suvli» shartnoma shartlari bo'yicha ivoriyalik bilan kelishuvga erishgani haqida xabar berilgan edi. Shuningdek, transfer summasi 90 million evrodan oshishi mumkinligi haqida ma'lumotlar mavjud.
Diomande «RB Leyptsig»da 2025-yildan beri o'ynaydi. U klubda jami 36 o'yin o'tkazib, 13 gol urdi va 10 assist berdi. Uning bozor qiymati 90 million evroga baholanmoqda va nemis klubi bilan amaldagi shartnomasi 2030-yilgacha davom etadi.




