Germaniyada «Verder» va «Real» afsonalari o'rtasida o'yin bo'lib o'tdi. Birinchi bo'lim davomida, 32 daqiqa o'ynalgach, tashkilotchilar suv ichish uchun tanaffus o'tkazdilar. Biroq, o'yinchilarga suv emas, balki boshqa ichimliklar taklif qilindi.

Futbol maydoniga ofitsiantlar chiqib, pivo va mahalliy kuchli ichimliklar bilan to'ldirilgan stakanlar olib keldilar. 

Bu g'ayrioddiy tanaffus sobiq hakam Volf-Diter Axlenfelderga hurmat sifatida o'tkazildi. 1975 yilda bu hakam xato qilib, 32 daqiqadan so'ng tanaffusga belgi berdi. Keyinchalik Axlenfelder o'yindan oldin tushlikda bir stakan kuchli ichimlik va pivo ichganini aytgan.