Vinger Yan Diomandning transferi bo'yicha muzokaralar «RB Leypzig» va futbolchiga da'vogarlik qilayotgan klublar o'rtasida hali kelishuvga erishilmadi. Bu haqda jurnalist Florian Pletternberg o'z ijtimoiy tarmoqlarida ma'lum qildi.

Uning ma'lumotlariga ko'ra, nemis klubi «Real» va «PSJ» bilan yangi aloqa o'rnatishni bugun rejalashtirmoqda, klublar yangilangan takliflarni tayyorlamoqda.

«PSJ» 20 yoshli futbolchiga bo'lgan qiziqishini saqlab qolmoqda va kurashdan chiqmoqchi emas. Shuningdek, «RB Leypzig» «Liverpul» va «Manchester Siti» bilan ham variantlarni ko'rib chiqishni istamaydi.

Shu bilan birga, Pletternbergning ta'kidlashicha, «RB Leypzig» va «Real» o'rtasida Germaniyada to'g'ridan-to'g'ri muzokaralar o'tkazilmayapti.

O'z navbatida, Diomande hozirda ta'tilda, «Leypzig» rahbariyati bilan muzokaralar o'tkazmagan va kelasi haftaning boshida klubga qaytishi kerak.