Dortmundning «Borussiya»si 18 yoshli «PSJ» qanot o'yinchisi Ibraima Mbayeni sotib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, «Borussiya» Mbayeni Karim Adeyemi o'rnida ko'rmoqda, u yaqin orada «Barselona»ga o'tishi kutilmoqda. Pariyjliklar o'z futbolchisini 50 million evro evaziga qo'yishga tayyorligi aytilmoqda.
Aytishlaricha, Mbayega «RB Leypsig», «Tottenhem» va «Aston Villa» ham qiziqmoqda.
2025/26 yilgi mavsumda senegallik o'yinchi barcha musobaqalarda 31 ta o'yinda qatnashdi, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma berdi.




