«Bavariya»ning sobiq futbolchisi Valeryen Ismael Myunxen klubining qanot o'yinchisi Maykl Olise kelajagi haqida fikr bildirdi.

«Agar Germaniyada Olise kabi futbolchini saqlab qoladigan jamoa bo'lsa, bu «Bavariya». Dortmundning «Borussiya», «RB Leypsig» va boshqa kuchli klublar bunday o'yinchilarni ushlab qololmaydi. «Bavariya» Olise ning ahamiyatini biladi va o'z yulduz futbolchisini shunchaki qo'yib yuborishni rejalashtirmaydi. Men ishonaman, Olise «Bavariya»ni tark etmaydi», - deydi Ismael Run nashriga.

Shuni eslatib o'tamizki, avvalroq Madridning «Real» klubi Maykl Olise ga jiddiy qiziqish bildirgani haqida xabar berilgan edi.