«Hoffenhaym»ning bosh direktori Andreas Shiker, klubning hujumchisi Fisnik Asllanining kelajagi bo‘yicha muzokaralar olib borilayotganini ma’lum qildi. 23 yoshli futbolchi, Bundeasligada o‘tgan kuchli mavsumidan so‘ng, top-klublarning e’tiborini tortdi.

«Hozirgi vaziyat shundayki, mamlakat ichidagi va chet eldagi klublar bilan muzokaralar olib borilmoqda. Asllanining shartnomasini sotib olish bo‘yicha bandi borligi ham sir emas», — dedi Shiker Kicker nashriga.

Oldinroq Asllani Dortmundning «Borussiya»si, «Barselona», «Chelsi» va «Tottenxem» bilan bog‘lashgan edi. Asllani o‘tgan mavsumda 33 Bundeasliga o‘yinida 10 gol urib, 9 assist bergan.