Germaniya terma jamoasi hujumchisi Karim Adeyemi «Barselona» futbolchisiga aylandi. Transfer summasi 22 million evro tashkil etdi.

Avvalroq Dortmundning «Borussiya» klubi hujumchini 40 million evrodan kamiga qo'yib yubormasligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Natijada, nemis klubi 22 million evroni darhol oldi va yana yetti million evro turli bonuslar, jumladan, turnirlarni yutish orqali qo'lga kiritishi mumkin.

«Barselona» va Adeyemi besh yillik shartnoma imzoladilar, deb xabar beradi Fabrizio Romano.

Adeyemi 2021 yildan buyon «Borussiya» safida o'ynagan. Shu vaqt ichida u 146 ta o'yin o'tkazib, 36 ta gol urdi va 25 ta golli uzatma berdi. 24 yoshli futbolchining bozor qiymati 40 million evrodir.

Matbuotga ko'ra, transferning sabablaridan biri Adeyemining qiz do'stining Dortmundda yashashni istamasligi bo'lgan.