Portugaliya terma jamoasining yarim himoyachisi Joao Palyinyo «Benfika»da faoliyatini davom ettirishi mumkin. Bunga Glorioso 1904 xabar bergan.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, Lissabon klubining bosh murabbiyi Marku Silva 31 yoshli yarim himoyachini qo'lga kiritishga qiziqmoqda va uni jamoaning potentsial yangi o'yinchilari ro'yxatiga kiritgan.

O'tgan mavsum Palyinyo «Tottenxem»da ijarada o'tkazdi, ammo Londondagi klub xarid qilish imkoniyatidan foydalanmadi. Futbolchi «Bavariya»ga qaytadi, ammo u murabbiylar shtabining rejalari qatoriga kirmaydi, shuning uchun yana bir jamoani o'zgartirishi mumkin. Avvalroq Palyinyo'ni qaytarish imkoniyatini «Sporting» ko'rib chiqqan edi, ammo Altimiraning imzosi bilan klubning sobiq kapitaniga bo'lgan qiziqish ancha pasaygan.

Yozning boshida yarim himoyachi «Benfika»ga o'tishga qiziqmagan edi, ammo jiddiy takliflarning yo'qligi sababli o'z qarorini qayta ko'rib chiqishga tayyor. Palyinyo va Marku Silva o'rtasidagi yaxshi munosabatlar ham potentsial transfer uchun qo'shimcha omil bo'lib xizmat qilmoqda. Murabbiy portugaliyalik bilan «Fulxem»da ishlagan va uning APLda shakllanishida muhim rol o'ynagan.

O'tgan mavsumda Palyinyo «Tottenxem»da barcha musobaqalarda 45 ta o'yin o'tkazdi, 7 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma berdi. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 15 million evroni tashkil etadi.