«Barselona» hujumchi Karim Adyemiga qiziqmoqda. The Athletic ma'lumotlariga ko'ra, kataloniyaliklar Adyemiga 20 million evro taklif qilishdi, lekin rad javobini oldilar. «Borussiya» bunday summaga rozi bo'lmadi – dortmundliklar ko'proq daromad olishni xohlaydi.
Shuni ta'kidlash joizki, «Borussiya» 24 yoshli Adyemini ancha yuqori narxda sotish qiyin bo'ladi, chunki futbolchining shartnomasi 2026/2027 mavsumi oxirigacha davom etadi.
Karim Adyemi «Borussiya» safida 146 rasmiy o'yin o'ynab, 36 gol va 25 assist qayd etdi.
Shuningdek, Adyemi Germaniya terma jamoasi bilan jahon chempionatiga bormadi.




