Dortmundning «Borus­siya» klubining hujumchisi Karim Adyemi «Barselona»ga o'tishga yaqin.

Jurnalist Patrik Bergerning ma'lumotlariga ko'ra, katalon klubining hujumchini transfer qilish bo'yicha birinchi rasmiy taklifi taxminan 20 million evroni tashkil etadi. «Sariq-qora»lar o'z futbolchisi uchun 40 million evro olishni xohlaydi, ammo uning shartnomasi faqat bir yildan keyin tugaydi, shuning uchun bu juda qiyin bo'ladi.

Biroq, «Borus­siya» Adyemini «Zaltsburg»ga o'tishi uchun to'lagan summani – ya'ni, taxminan 33 million evro olishni xohlaydi. Shuningdek, kelishuvga keyingi sotuvdan foiz va bonuslar kiritilishi kerak. Kelishuv ustida ish olib borilmoqda. O'z navbatida, Adyemi «Barselona» bilan uzoq muddatli shartnoma tuzishga rozi bo'lgan.