«Bavariya» va «Borussiya» Dortmundning sobiq himoyachisi Niklas Zyule Germaniyaning to‘qqizinchi divizionida faoliyatini davom ettiradi.

Jurnalist Florian Pletternbergning ma'lumotlariga ko‘ra, 30 yoshli futbolchi Germaniyaning to‘qqizinchi divizionida o‘ynovchi «Tayfenbax» jamoasiga o‘tadi. Shuningdek, Zyule yozda 30 yoshida professional futboldan ketganini e'lon qilgan edi.

«Men futbolni mutlaqo boshqa tomondan, ya'ni faqat o‘yinga e'tibor berish, biznes yoki pul haqida o‘ylamaslikni kutyapman. Mening ikki eng yaqin do‘stim «Tayfenbax»da o‘ynaydi, ulardan biri hatto murabbiy. 13 yil professional futboldan so‘ng, do‘stlarim bilan yana maydonga chiqish va bu ajoyib sportdan bahramand bo‘lish – bu haqiqiy sovg‘a», - dedi Zyule Sky Sports bilan intervyusida.