«Bavariya» markaziy himoyachi «Yuventus»dan Gleison Bremerni transfer qilish ustida ish boshladi.
La Gazzetta dello Sport ma'lumotlariga ko'ra, nemis klubi 29 yoshli braziliyalik futbolchi uchun birinchi taklifini berdi. Turinliklar futbolchidan kamida 40 million evro olishni rejalashtirmoqda, «Bavariya» esa hozircha 30 million evro to'lashga tayyor. Tomonlar muzokaralarni davom ettirmoqda va murosaga kelishni umid qilmoqda. Shuningdek, Bremerning o'zi jamoasini o'zgartirishga qarshi emasligi ta'kidlangan.
Bremer 2022 yildan beri turinliklar safida to'p surmoqda. Uning amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilgacha davom etadi va himoyachining bozor qiymati 35 million evroga baholanmoqda.




