23 yoshli qanot himoyachisi Nataniyel Braun «Ayntraxt»dan «Bavariya»ga o‘tdi. Bu haqda Myunxen klubining matbuot xizmati xabar berdi.

Germaniya terma jamoasi o‘yinchisi «Bavariya» bilan 2031 yil 30 iyungacha mehnat shartnomasi imzoladi. Agar mish-mishlarga ishonilsa, Braunning sotib olinishi «Bavariya»ga 55 million evroga tushgan.

Braun 2024 yildan beri «Ayntraxt»da o‘ynagan. Shu vaqt ichida u barcha musobaqalarda 75 o‘yinda maydonga tushib, 7 gol urdi va 13 golli uzatma berdi. Transfermarkt ma'lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 40 million evro.

2025/26 mavsum yakunida «Bavariya» Germaniya chempioni bo‘ldi. 34 turda jamoa 89 ochko to‘pladi.