«Bavariya» «Real»ning qanot o'yinchisi Maykl Olise uchun taklif berishini biladi. The Touchline nashrining jurnalisti Miguel Serrano ma'lumotlariga ko'ra, Myunxen klubi Ispaniya klubiga Olise bo'yicha taklif kelib tushsa, uni rad etishini xabar qilgan.
Oldinroq «Bavariya» Olise sotilmaydi, hatto taklif katta bo'lsa ham, deb ochiq aytgan edi. Biroq, matbuotda futbolchining o'z pozitsiyasi ham muhim bo'lishi mumkinligi yozilgan. Maykl jahon chempionati tugagach, «Bavariya» rahbariyati bilan uchrashishni rejalashtirmoqda.
Maykl Olisening yoshi 24da. Mashhur Transfermarkt portali fransuz futbolchisini 150 million evroga baholamoqda.




