21 yoshli norvegiyalik qanot o'yinchisi yozgi transfer oynasida «RB Leyptsig»dan ketishi mumkin. Bu haqda Sky Sport News xodimi Filipp Xintse ma'lum qildi.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, «RB Leyptsig» Nusa bilan kelasi mavsumda ham davom etishni xohlaydi, ammo 60 million evro miqdoridagi taklif klubning pozitsiyasini o'zgartirishi mumkin. Shuningdek, bu yozda «RB Leyptsig» katta savdoni amalga oshirishi zarur, lekin asosiy yulduz — Yan Diomandeni hech kim qo'yib yubormoqchi emas.
O'tgan mavsumda Nusa barcha musobaqalarda 35 ta o'yin o'tkazdi, 5 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma berdi.
Hozirgi jahon chempionatida qanot o'yinchisi to'rt uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urdi.
Uxlab yotganingizda: Mbappe Messi bilan tenglashdi, Meksika hayratda qoldirdi, Nusa esa go'l urdi




