Himoyachi Konrad Laymer «Bavariya» bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha kelishuvga erishdi. Nemis Sky jurnalisti Florian Plettenbergning ijtimoiy tarmoqlardagi xabariga ko'ra, Laymer 2029 yilning o'rtalarigacha bo'lgan mehnat shartnomasini tasdiqladi.
Laymerning maoshi bonuslar hisobga olganda, soliqdan oldin yiliga 10 million evrodan oshadi.
Konrad Laymer 2023 yil yozida «RB Leypsig»dan «Bavariya»ga o'tganidan beri ushbu klubda o'ynaydi. Myunxenlik jamoa safida avstriyalik 136 ta rasmiy o'yinda 7 gol urdi va 21 ta golli pas berdi.
«Bavariya» o'tgan mavsumda Germaniya chempionatini va Germaniya kubogini yutdi.




