«RB Leypsig» bosh murabbiy Ole Verner bilan mehnat shartnomasini bekor qildi. 38 yoshli mutaxassisning iste'fosi haqida nemis klubining rasmiy saytida ma'lumot berilgan.

Verner jamoani 2025-yil yozidan beri boshqarardi. Uning rahbarligida «qizil buqalar» o'tgan Germaniya chempionatida uchinchi o'rinni egallab, 65 ball to'pladi. «RB Leypsig»da ishlashidan oldin Verner Bremenning «Verder» va «Holshteyn Kil» jamoalarini boshqargan.

Oldinroq, Oltin medallarni qo'lga kiritgan Bundeisliga jamoasi boshqaruviga argentinalik Martin Demikelis kelishi haqida ma'lumotlar tarqalgan, u hozirda Ispaniyaning «Malyorka» klubida ishlamoqda.