«Bavariya» va Xorvatiya terma jamoasi himoyachisi Yosip Stanisich Angliya terma jamoasi bilan o'yin oldidan «Zolotoy myach»ni kimga berishi haqida savolga javob berdi.

«Albatta, men ovozimi Garri Keynga berardim. Garri — bu faqat gol va assistlar haqida emas. Men uning jamoa uchun qanchalik ko'p ishlayotganini va himoyaga qanday yordam berishini ko'raman. Bu jihatdan u jamoa uchun juda muhimdir.

Keynni qanday to'xtatish mumkin? Bu qiyin. Uning harakatlariga doimo e'tibor berish kerak, chunki unga bir soniya kifoya qiladi, gol urish uchun», — deydi Stanisich Bayern & Germaniyaga.

Uchinchu tur UEFA Millatlar Ligasi doirasidagi Xorvatiya va Angliya terma jamoalari o'rtasidagi o'yin 3-oktabr, shanba kuni bo'lib o'tadi. Hakimning boshlang'ich svisti 19:00da, Moskva vaqti bilan eshitiladi.