Hujumchi «Bavariya» Garry Keyn «Oltin to'p»ni yutish imkoniyatlarini baholadi.
«Agar «Oltin to'p»ni ertaga topshirishsa, men uni olishga loyiqman deb o'ylaymanmi? Ha. Hozirgi «Oltin to'p» uchun asosiy nomzodlarga qaraganda, Maykl Olise va Chempionlar ligasi finaliga chiqqan o'yinchilarni, shuningdek, o'zimni ajratib ko'rsatish mumkin. Biroq, men «Oltin to'p»ga loyiqman deb aytadiganlardan emasman. O'yinim maydonda o'zini ko'rsatishi uchun harakat qilaman», - deydi Keyn L'Equipe'ga bergan intervyusida.
2025/26 yilgi mavsumda Garry Keyn «Bavariya» uchun barcha musobaqalarda 51 o'yin o'tkazib, 61 gol urdi va yetti golli uzatma berdi.




