Munxenning Bavariya klubining faxriy prezidenti Uli Xones Garry Kayn haqida fikr bildirdi. Bu yil ingliz futbolchisi «Oltin to'p» sohibiga aylandi.
«U yaxshi xarakterga ega inson. Avval biz ko'plab futbolchilarni Angliyaga, Premier-liga, va'da qilingan yerga ketayotganini yo'qotardik. Endi esa biz u yerdan ko'proq futbolchilarni taklif qila boshladik. Kayn oilasi bu yerda xavfsiz his qilayotganini aytadi, sog'liqni saqlash tizimi a'lo, o'zi esa ko'chada qo'rqmasdan yura oladi», - deydi Xones BRga.
Hozirgi mavsumda 33 yoshli futbolchi 15 o'yinda maydonga tushib, 10 gol urdi va 10 golli uzatma berdi.
