«Bavariya» jamoasi darvozaboni Manuel Noyerning jarohati bo'yicha rasmiy bayonot berdi.

Munxenliklar kapitanining jarohati 10-turda «Maynts»ga qarshi o'yin davomida yuz berdi, o'yin esa uning jamoasi 2:1 hisobida g'alaba qozonishi bilan yakunlandi. Munxen klubi 40 yoshli darvozabonning o'ng oyoq tendoni qisman yirtilganini tasdiqladi. Biroq, «Bavariya» tiklanish muddatini aniq ko'rsatmadi.

Oldinroq jurnalist Patrik Shtrasser Noyerni tiklanishi olti haftadan o'n ikki haftagacha davom etishi mumkinligini ma'lum qilgan edi. Shunday qilib, darvozabon 2026 yilning qolgan qismini o'tkazib yuborishi xavfi bor.