«Bavariya» darvozaboni Manuel Noyer oyoq barmog'ining tendonida qisman yirtilish oldi.
Jurnalist Patrik Shtrasserning ma'lumotlariga ko'ra, 40 yoshli darvozabon 6 dan 12 haftagacha maydondan chetda qolishi kerak, shundan so'ng u mashg'ulotlarga qaytishi mumkin. Eng yaxshi senariyda Noyer yanvarda qaytishi mumkin. Biroq, tiklanish jarayoni fevralgacha cho'zilishi ham mumkin.
Eslatib o'tamiz, futbolchi jarohatni «Maynts»ga qarshi Germaniya chempionatidagi o'yinda oldi. Joriy mavsumda darvozabon Bundersligada beshta o'yinda qatnashib, uchta gol o'z darvozasidan o'tkazib yubordi.
Shuningdek, Noyerning Myunxen klubidagi mehnat shartnomasi 2027 yil 30 iyungacha amal qiladi.
