Yangi Madridning «Real» jamoasi murabbiyi Joze Mourinyo yozgi transfer bozorida ish olib bormoqda. Sky Sport Germany xabar berishicha, «Maxsus» Germaniya terma jamoasining bir o'yinchisiga qiziqish bildirgan.
Purtugalik mutaxassisning diqqatini Dortmundning «Borussiya» jamoasida o'ynayotgan yarim himoyachi Feliks Nmecha tortdi. Mourinyoga yarim himoyachining o'yin darajasi yoqadi.
Nmechaning bozor qiymati 50 million evro, uning «qashqadaryolar» bilan tuzgan shartnomasi 2030-yil yozida tugaydi.
O'tgan mavsumda Feliks 42 uchrashuvda qatnashib, beshta gol urdi va uchta assist qayd etdi.




