Myunxenning «Bavariya» Marokash terma jamoasi yarim himoyachisi Isma'il Saybari PSVdan o‘tishi bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda insayder Fabrizio Romano ma'lum qildi.
Manbaning ma'lum qilishicha, bitim to‘liq kelishilgan va tomonlar oxirgi kelishuvga erishishgan. «Bavariya» 25 yoshli marokashlik futbolchi uchun 55 million evro to‘laydi. Futbolchi tibbiy ko‘rikdan AQShda o‘tadi, shundan so‘ng transfer haqida rasmiy e'lon qilinadi.
Germaniya chempionlari va futbolchi o‘rtasidagi muzokaralar haqida birinchi xabarlar atigi 2 hafta oldin paydo bo‘lgan. O‘tgan mavsumda Saybari PSVning eng muhim futbolchilaridan biri bo‘lib, 37 o‘yinda 19 gol urdi va 9 golli uzatma berdi.
Saybarining o‘tishi Niderlandiya klubining tarixidagi eng qimmat chiqish transferlaridan biri bo‘ladi.




