«Real» nemis «Bavariya»sining hujumchisi Maykl Olisheni qo'lga kiritishga harakat qilmoqda.
Jurnalist Xose Feliks Diasning ma'lumotlariga ko'ra, Madrid klubi fransuz futbolchisi uchun transfer masalasini to'xtatmagan, garchi Myunxen klubi rahbariyati o'z futbolchisini sotmasligini rasman e'lon qilgan. Ushbu yozda «suvli» yangi urinishlar bilan hujumchini qo'lga kiritishga harakat qiladi.
Maykl Olishe 2024 yilda «Kristal Pelas»dan «Bavariya»ga 53 million evro evaziga o'tdi. Uning shartnomasi 2029 yil 30 iyungacha amal qiladi. 2025/26 mavsumida fransuz Myunxen klubida barcha musobaqalarda 52 o'yin o'tkazib, 22 gol urdi va 31 golli uzatma berdi.




