Yozua Kimmikh, «Bavariya» yarimhimoyachisi, «Ayntraxt» himoyachisi Nataniyel Braunning Myunxen klubiga o'tishi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.

«Umuman olganda, u maydondan tashqarida juda jim bola. Maydonda esa juda jasur va o'z qobiliyatlarini namoyon qiladi. U hali menga «Bavariya» haqida so'ramadi. Lekin men uning Germaniya terma jamoasida o'ynayotganidan xursandman. Yakshanba kuni u ajoyib o'yin o'tkazdi - golli uzatmani berdi va gol urdi», - dedi Kimmikh matbuot anjumanida.

2025/26 yilgi mavsumda Nataniyel Braun «Ayntraxt» uchun barcha musobaqalarda 42 ta o'yin o'tkazib, to'rt gol urdi va olti golli uzatma berdi. Germaniya terma jamoasi uchun himoyachi olti o'yin o'tkazdi va bir gol urdi.