«Barselona» yarim himoyachisi Dani O'lmo Myunxenning «Bavariya» klubi tomonidan kuzatilmoqda. Bu haqda El Nacional xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, Joao Felishning «Barselona»ga qaytishi O'lmoning ketishiga yo'l ochishi mumkin, chunki kataloniyaliklar markaziy maydonda o'yinchilar sonini oshirib yuborishadi. O'lmo «Bavariya»ga juda yoqadi — klub uning jamoaga juda mos kelishiga ishonadi. 80 million evro atrofida taklif «Barselona»ni kelishuvga majbur qilishi mumkin, deyiladi.
Hozirgi mavsumda 28 yoshli yarim himoyachi barcha musobaqalarda sakkizta o'yinda qatnashdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.
Ispan futbolchisi bilan «Barselona» o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2030 yilgacha davom etadi.
