«Gerta» ning sobiq investori Lars Vindhorst Shveytsariyani tark etib, BAA poytaxti Dubayga ko'chib o'tdi. Bu haqda Bild xabar bermoqda.

Vindhorstning investitsiya kompaniyasiga qarshi bankrotlik jarayoni ochilgan. Bunga sabab 15,9 million evro miqdoridagi qarzdir.

Shuningdek, bir necha yil avval biznesmendan taxminan 110 million evro miqdoridagi qarzni undirish rejalashtirilgan edi. Manba ko'chishdan oldin barcha talab qilingan mablag'larning to'langanligi haqida ma'lumotga ega emas.

2019 yildan buyon Vindhorst «Gerta» ga 374 million evro investitsiya kiritdi. U berlinezlarni yuqori darajadagi klubga aylantirishni rejalashtirgan edi, ammo uning orzulari amalga oshmadi.