Italiyalik himoyachi Luka Rejiani yanvar transfer oynasida Dortmundning «Borussiya»sidan ketishi mumkin, deb xabar bermoqda ijtimoiy tarmoqlarda insayder Ekrem Konur.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, futbolchi ko'proq o'yin amaliyoti olish imkoniyatini qidirmoqda. O'tgan yozda uning xizmatlariga «Inter» va «Milan» qiziqish bildirgandi. O'z navbatida, Rejiani o'z vataniga qaytishga tayyor.
18 yoshli markaziy himoyachi «shmelilar» bilan 2029 yilning iyunigacha shartnoma tuzgan. Rejiani bozor qiymati o'n million evroga baholanmoqda.
Hozirgi Germaniya chempionatida italiyalik faqat bitta uchrashuv o'tkazdi.
