Hujumchi Garry Keyn va «Bavariya» o'rtasida shartnomani uzaytirish bo'yicha asosiy kelishuvga erishildi. Muzokaralar jarayoni oxirgi bosqichga o'tmoqda, deb yozmoqda nemis Sky Sport jurnalisti Floryan Plettenberg.

Rejalashtirilishicha, Keyn «Bavariya» bilan 2029 yilning o'rtalarigacha amal qiladigan shartnoma tuzadi. Tomonlarga faqat detallarni kelishish qoldi.

Shuni ta'kidlash joizki, Garry Keyn har doim «Bavariya» bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirgan - boshqa variantlarni ko'rib chiqmagan.

«Bavariya» uchun Keyn 154 ta rasmiy o'yinda maydonga tushib, 152 ta gol urdi va hamkorlariga 34 ta golli pas berdi.