Myunxenning «Bavariya» klubi jamoa hujumchisi Garry Keyn bilan shartnoma uzaytirish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda insayder Fabrizio Romano ma'lum qildi.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, tomonlar allaqachon maoshni kelishib olgan, lekin yangi shartnoma muddati va boshqa ba'zi shartlar bo'yicha kelishuvga erishilmagan.
«Bavariya» 2023 yilda Tottenxemdan Keynni 95 million evro evaziga sotib oldi. Ushbu mavsumda 33 yoshli gol uruvchi barcha musobaqalarda yettita o'yinda maydonga tushdi, raqiblar darvozasiga olti marta to'p kiritdi va bir assist qayd etdi.
Keynning «Bavariya» bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirida tugaydi.
